Davlat Markazining Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari Turkiyaning “TUBITAK UME” metrologiya institutiga tashrif buyurishdi

06.09.2022 3825

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Qiyoslash laboratoriyasi mutaxassislari ayni kunlarda xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib turishipti.

Safardan ko‘zlangan maqsad, tibbiy muassasalarda qo‘llaniladigan tashxis uchun mo‘ljallangan ultratovush tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashda qo‘llaniladigan namunaviy o‘lchash vositalarini “TUBITAK UME” metrologiya institutida navbatdagi (kalibirlash) sinovlarini o‘tkazishdir.

Qiyoslash laboratoriyasi mudiri Nodirbek Abdullayevning maʼlum qilishicha, metrologik qiyoslashda qo‘llaniladigan AQSH “ATS Laboratories” korxonasida ishlab chiqariladigan “ATS-539” va “GAMMEX” 1425V 0.5DOPLER 403 hamda “Phantom” ultratovush to‘lqin uzunligini qiyoslash (sinash) uchun qo‘llaniladigan naʼmunaviy o‘lchash vositalari hozirgi kunda respublikamizda yagona xalqaro miqyosda qiyoslan (tekshiril)gan.

Ayni kunlarda Turkiyaning Gebze shahrida joylashgan “TUBITAK UME” milliy metrologiya institutida Qiyoslash laboratoriyasiga tegishli bo‘lgan ushbu vositalar ustida navbatdagi sinovlar o‘tkazilmoqda.

Davlat markazi Axborot xizmati